2026-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonda 172 mingta nikoh qayd etildi. Ularning aksariyati 20–30 yoshdagi erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, yoshi katta erkaklar orasida ham oila qurganlar bor.
🔴 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, nikohdan o‘tgan erkaklarning 1 031 nafari 60 yoshdan oshgan. Shundan 813 nafari 61–69 yoshda, yana 218 nafari 70 yosh va undan kattalar. 20 yoshgacha turmush qurganlar soni esa 3 093 nafarni tashkil qilmoqda.
Nikoh qayd etilgan erkaklarning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
🔴 20 yoshgacha — 3 093 nafar;
🔴 20–30 yosh — 141 620 nafar;
🔴 31–40 yosh — 19 005 nafar;
🔴 41–50 yosh — 4 967 nafar;
🔴 51–60 yosh — 2 310 nafar;
🔴 61–69 yosh — 813 nafar;
🔴 70 yosh va undan katta — 218 nafar.




