“Go‘zal va tarixiy Samarqandda C5+1 sammitiga mezbonlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdim.
Biz mamlakatlarimizda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda C5+1 diplomatik platformasi doirasida birgalikda ishlash masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, prezident Mirziyoyev tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlanganimdan benihohat mamnunman va buni ulkan sharaf deb bilaman”, deb yozdi AQSH Davlat kotibi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.




