AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining Yamandagi husiylarga qarshi harbiy zarbalarida AQSH ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob bergan.

“Ehtimol. Biz bu masalani ko‘rib chiqamiz. Yaqinda sodir bo‘lgan hujum haqida endigina xabar topdik. Qaror qabul qilamiz. Biz juda tez harakat qilamiz”, deb aytgan Tramp.