Missisipi shtati sohillari yaqinidagi Meksika ko‘rfazida kichik Cessna 210 samolyoti 24-noyabr kuni halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 6 kishi, jumladan, 8 va 10 yoshli ikki nafar bola halok bo‘ldi.
AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, g‘avvoslar 25-noyabr kuni bortdagi barcha yo‘lovchilarning jasadini samolyot fyuzelyaji ichidan topgan. Havo kemasi Horn oroli yaqinida qulagan. Hozirda aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda.




