AQShning Ohayo shtatida o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokida yuz bergan va inson o‘limiga sabab bo‘lgan avariya mamlakatdagi yuk tashish tizimida keng tarqalgan firibgarlik alomatlarini yuzaga chiqardi.
🔴 Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvlar davomida Butler va Uorren okruglarida o‘zbekistonliklarga tegishli o‘nlab yuk tashish kompaniyalari bir xil turar joy manzillarida ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlangan.
Masalan, atigi 1 500 kishi yashaydigan Meynvil shaharchasida 267 ta yuk tashish kompaniyasi faoliyat yuritadi. Lavlend shahridagi oddiy turar joylardan birida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya esa hujjatlarda 23 mingdan ortiq yuk mashinasiga egaligini ko‘rsatgan.
🔴 Rasmiylar bunday holatlarni “buqalamun tashuvchilar” deb ataladigan firibgarlik sxemasi bilan bog‘lamoqda. Bunda kompaniyalar xavfsizlik talablarini chetlab o‘tish, litsenziyasi bekor qilinganidan keyin esa boshqa nom ostida faoliyatini davom ettirish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.




