Toshloq tumanida ilgari firibgarlik uchun sudlangan sobiq mansabdor yana oʻsha tizimda jinoyatga qoʻl urdi. Bu gal u madaniyat bo‘limida ishlamagan xodimlarga ish haqi yozdirish orqali davlat byudjetiga 95 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.
🔴 E’tiborlisi, sudlanuvchi avvalgi jinoyati uchun ham mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan va muddatidan oldin axloq tuzatish ishlaridan ozod qilingan edi.




