Kredit reklamalaridagi ogohlantirish uchun kamida 10 foiz joy yoki vaqt ajratiladi. Kredit shartnomasining birinchi sahifasida esa ogohlantirish sahifaning kamida 30 foizini egallashi kerak.

Qarz to‘lanmasa, uning miqdori oshishi, mol-mulk va hisobvaraqlardagi mablag‘larga undiruv qaratilishi hamda kredit tarixi buzilishi mumkinligi ko‘rsatiladi.