O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining birinchi C-390 Millennium samolyoti – UK 39010 Toshkent Sharqiy aerodromiga yetib keldi.

Samolyot yangi bazasida an’anaviy suv arkasi bilan kutib olingan. C-390 Millennium Braziliyaning “Embraer” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy transport samolyotidir.