AQSH rahbari Donald Tramp o‘z bayonotida mamlakat kosmik dasturining ustuvor yo‘nalishlari Oyda mustahkam o‘rnashish hamda kelgusida Qizil sayyoraga inson oyoq qo‘yishini ta’minlashdan iborat ekanini ta’kidlagan.

“NASAning Artemida dasturi doirasida amerikalik astronavtlar u yerda doimiy Amerika ishtirokini yaratish uchun tez orada Oyga qaytadilar, shundan so‘ng biz Marsga yo‘l olamiz”, deb aytgan Tramp.