Tarmoqlarda Jizzax viloyatida erkak 10 yashar qizni 2 oy davomida zo‘rlab kelgani, jinoyati fosh bo‘lgach, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ayblanuvchiga qidiruv e’lon qilingan. Oqibatda 4-oktyabr kuni ayblanuvchi o‘z xonadonidan o‘lik holda topilgan.