“Reuters” xabariga ko‘ra, Eron rahbariyatida AQSH mamlakatga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshlagan taqdirda qanday javob qaytarish masalasi muhokama qilinmoqda.
Eronlik yuqori martabali amaldorlarning aytishicha, Tehron bu safar avvalgidan qat’iyroq javob variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida AQSHning harbiy operatsiyasiga yordam beradigan davlatlarga, shuningdek, Yaqin Sharqdan tashqaridagi nishonlarga zarba berish ehtimoli ham bor.
Shuningdek, Eron Livan, Yaman va Iroqdagi ittifoqchi kuchlariga AQSHning keng ko‘lamli hujumi yuz bergan taqdirda muvofiqlashtirilgan javobga tayyor turishni buyurgani aytilmoqda.




