Quva tumanida hech qayerda ishlamaydigan 5 nafar fuqaro til biriktirib, Milliy Gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida soxta mehnat shartnomalari va ish haqi olganliklari haqida ma’lumotnomalar tayyorlab, tijorat bankidan mazkur soxta hujjatlar asosida 428,8 mln so‘mlik kredit olgan shaxslar ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
