Milliy mediaiste’mol tadqiqotining deyarli yarmigacha bo‘lgan qatnashchilari soxta xabarlarning tarqalishini zamonaviy ommaviy axborot vositalarining eng dolzarb muammolaridan biri deb atadi.
🔴 So‘rovda qatnashganlar asosan ishonchsiz ma’lumotlarga YouTube, Telegram va ijtimoiy tarmoqlarda duch kelishini bildirishgan. Shu bilan birga, ularning 77,4 foizi OAVning yolg‘on xabarlar tarqatganligi uchun javobgarligini yanada kuchaytirish tarafdori bo‘ldi.
🔴 Tadqiqot, shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi farqni ham ko‘rsatdi. 18–24 yoshli yoshlarning 66,2 foizi yangiliklar uchun Telegramga murojaat qilsa, 55 yoshdan oshgan kishilarning 77,4 foizi televizorni afzal ko'radi.




