Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ raisining birinchi oʻrinbosrai Islom Abdullayev 30-oktyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Ichimlik va oqova suvi xizmatlariga qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, undiruv notarial yoki sud tartibida hal etiladi. Agar bunda ham belgilangan majburiyat bajarilmasa, iste’molchilarga elektr energiyasi uchun toʻlovlarini amalga oshirish imkoniyati cheklanadi”, dedi tashkilot rasmiysi.




