Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishni taklif etgan. Vazirlik ushbu tashabbusni O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga borganidan so‘ng sodir etgani aytilayotgan bir nechta jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoiy harakatlar bilan bog‘lagan.

“Biz chora ko‘rishga majburmiz. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni muayyan muddatga to‘xtatishni va bu vaqtdan O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilish uchun foydalanishni taklif qilamiz”, degan Latviya Ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava.