Antarktikada pingvinlarni sanash, sayyohlarni kutib olish va otkritkalarga muhr bosish bilan shug‘ullanish uchun oyiga 2,5 ming yevrogacha maosh to‘lanadigan ish taklif qilinmoqda. Jamg‘arma har yili 4 yoki 5 kishidan iborat jamoani tanlaydi.

Xodimlar noyabrdan martgacha davom etadigan Antarktika yozida Gude orolida ishlaydi. Ularning vazifalariga sayyohlarni kutib olish, muzey va suvenirlar do‘konini boshqarish, shuningdek, pingvinlar koloniyasini kuzatish kiradi.