AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ingliz tilida savol berayotgan muxbirni to‘xtatib, undan o‘zbek tilini bilish-bilmasligini so‘radi. Jurnalist esa rus tilida biroz gaplasha olishini bildirdi. Rubio uning qaysi tilda gapirganiga qiziqqanida, bu ruscha ekanini aytishdi. Shundan so‘ng Marko O‘zbekistonda rus tili rasmiy til emasligini eslatdi.
🔴Bu holat Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Samarqandga tashrifini yodga soldi. 2025-yil 23-aprelda Lavrov “Motamsaro ona” yodgorligiga gul qo‘yish paytida yozuvlar o‘zbek va ingliz tillarida ekanini ko‘rib, nega ruscha tarjimasi yo‘qligiga e’tiroz bildirgan edi.




