2026-yil boshidan 1-oktabrgacha O‘zbekistonda mobil qurilmalarga zararli fayllar o‘rnatilishi bilan bog‘liq 18 830 ta firibgarlik holati qayd etilgan.

🔴 Ushbu holatlar oqibatida fuqarolarga 79,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Umuman olganda, yilning dastlabki to‘qqiz oyida turli firibgarlik sxemalari sabab aholining jami 278,3 mlrd so‘mi talon-toroj qilingan.