Prezident Shavkat Mirziyoyev bog‘cha bolaning qobiliyati kashf etiladigan va zehni rivojlanadigan maskanga aylanishi zarurligini ta’kidladi. Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Xitoy tajribasi asosida milliy qadriyatlarga mos dastur ishlab chiqilib, 180 ming tarbiyachi va pedagog yangi metodika bo‘yicha o‘qitilmoqda.

O‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan dastur hozir bog‘chalarning 30 foizida joriy etilgan. Yil yakuniga qadar u 38 mingdan ortiq bog‘chaning barchasida qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, har yili 50 nafar ilg‘or tarbiyachi xorijda stajirovka o‘taydi. Davlat bog‘chalari uch yillik dastur asosida elektron doska, kompyuter va rangli printerlar bilan jihozlanadi.