31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Gruziya poytaxti Tbilisidagi Birinchi universitet klinikasida tug‘ruqdan bir necha soat o‘tib vafot etdi. Ayol 11-noyabr kuni homiladorlikning 36-haftasida farzand dunyoga keltirgan. Biroq tug‘ruqdan keyin kuchli qon ketishi boshlangan va bu uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
🔴Gruziyadagi “Ozodlik radiosi” ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Xitoy fuqarolari uchun surrogat ona bo‘lgan. Bu uning surrogat onalik dasturidagi ilk ishtiroki edi. Gruziya Ichki ishlar vazirligi ayolning vafot etganini tasdiqlab, ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish moddasi bilan tergov boshlagan. Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli agentligi ham tekshiruv o‘tkazmoqda.
🔴Ushbu voqea Gruziya hukumati mamlakatda surrogat onalikni butunlay taqiqlashni rejalashtirayotgan bir paytda yuz berdi. Hukmron partiya vakillari bu tashabbusni sohada qat’iy qoidalar mavjud bo‘lsa ham, uni nazorat qilish qiyinligi bilan izohlagan.




