Aholining banklardan qarzi 239,8 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda kreditga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi choragida aholining qarz mablag‘lariga ehtiyoji yuqori bo‘lib qolgan. Hozir jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldig‘i 239,8 trln so‘mga yetgan. Bir yilning o‘zida bu summa qariyb 38 trln so‘mga ko‘paygan. Odamlar kreditni uy ta’miri, o‘qish, davolanish va hatto to‘y xarajatlarini qoplash uchun ham olyapti.

