Fermerlar bilan yig‘ilish kartoshka ekish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilmagani sababli tashkil etilgani ma’lum qilindi. Majlisda telefonlar olib qo‘yilgani haqidagi da’volar xolis o‘rganilishi kerakligi bildirildi.