Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 3 yoshli qizning o‘limi ortidan oiladagi boshqa voyaga yetmagan bola xavfsizligini ta’minlash maqsadida yaqin qarindoshining vasiyligiga topshirildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 26 sentyabr kuni yuz bergan. Voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari olgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shu kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa bolaning xavfsizligi va huquqlarini ta’minlash uchun u qarindoshining qaramog‘iga berilgan. Unga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, tibbiy ko‘rik tashkil etilgan va ta’limini uzluksiz davom ettirish choralari ko‘rilmoqda. Agentlik bolaning holatini alohida nazoratga olgan.