Chunki bunday dasturga telefondagi ko‘plab funksiya va ma’lumotlarga kirish uchun keng ruxsatlar beriladi. Agar ertaga ilovaning o‘zi buzib kirilsa, millionlab fuqarolarning telefonlariga berilgan shu ruxsatlar jiddiy xavfga aylanishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlaymiz deb, yanada kattaroq xavf eshigini ochib qo‘ymaslik kerak.
Shuning uchun, eng ishonchli himoya — insonning o‘zi. “Sizni himoya qiladi” degan har qanday ilovaga ko‘r-ko‘rona ishonavermang — uni hatto melisalar targ‘ib qilayotgan bo‘lsa ham. Safe Road bilan bog‘liq holat ham bunga bir misol.




