Yashnobod tumanidagi Sultonali Mashhadiy mahallasida tadbirkorlik obyektiga qo‘shimcha bino qurish uchun ruxsatnomasiz yer ishlari olib borilgan. Jarayonda quruvchining ehtiyotsizligi oqibatida qabriston devoriga shikast yetkazilib, ayrim qabrlarga zarar yetgan.
Qurilish nazorati inspeksiyasiga ko‘ra, noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatilgan va quruvchi tashkilotga BHMning 200 baravari — 88 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.




