O‘zbekistonda yashayotgan Rossiya fuqarolari ayrim davlat xizmatlaridan Toshkentning o‘zida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun Rossiya uyida maxsus MFC markazi ochishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
🔴Markazda rossiyaliklar SNILS — shaxsiy sug‘urta hisob raqamini olish va elektron imzo rasmiylashtirish kabi xizmatlardan foydalanadi. Bu Rossiyaning xorijda MFC orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ilk loyihasi bo‘ladi. Keyinchalik shunday markazni Qozog‘istonda ham ochish rejalashtirilgan.




