Ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l harakati xavfsizligiga oid Safe Road ilovasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqani hamda Telegram’dagi OSINT botlarida ochiq savdoga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya ushbu ma’lumotlarni qat’iyan rad etib, rasmiy munosabat bildirdi. Bayonotga ko‘ra, bu bozorda nosog‘lom raqobatni keltirib chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan harakat deb baholandi.
Safe Road ilovasi foydalanuvchilar ma'lumotlari sizib chiqqani haqida kompaniya rad etdi




