Jinoyat işlari böyiça Iştixon tuman sudi raisi Jonibek Raupov narkojinoyatda ayblangan yigitni oqladi: 2026-yil 15-martidan buyon qamoqda saqlangan 23 yoşli yigit aybsiz bölib çiqdi. Uni Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari 300 dollarga mefedron sotganlikda ayblab, tezkor tadbirda qölga olgan. Ammo sudda jinoyat işini “oper”larning özi uyuştirgani foş böldi.

Tadbir paytida gumonlanuvçiga qiynoq ham qöllangani aytilgan. IIB xodimlari buni “uşlaş vaqtida qarşilik körsatgani uçun sambo usuli qöllangani” bilan izohlagan. Ammo bu yolğon ekanini videofaktlar tasdiqlagan.