Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Katta Oqmachit” mahallasi raisi nizoli oilani yarashtirish vaqtida ayolning telefon raqamini olib, keyinchalik unga Telegram orqali shahvoniy mazmundagi xabar va videolar yuborgan.

Sud hujjatiga ko‘ra, 42 yoshli rais ayolga jinsiy yaqinlik qilishni taklif qilgan va bir necha marta pornografik videolar jo‘natgan. Mahalla raisi sudda aybini tan olmagan.

Sud uni shahvoniy shilqimlik qilish hamda pornografik mahsulotni tarqatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarda aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.