Samarqandda ikkita yirik xalqaro tadbir o‘tkazilishi sabab 18–22-oktyabr kunlari shaharga kirish va ayrim markaziy ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar Registon, Afrosiyob va Ibn Sino ko‘chalariga ham tegishli. Haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishi mumkin. Tez yordam, yong‘in xavfsizligi va boshqa tezkor xizmatlar mashinalariga esa ruxsat beriladi.
🔴19–20-oktyabr kunlari Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlari, jumladan, Marko Rubio ishtirokida C5+1 uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
🔴21–22-oktyabrda esa 100 dan ortiq davlat vakillari qatnashadigan bolalar farovonligi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi.




