“Real Sanjik”ning 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldi

“Real Sanjik” nomi bilan tanilgan Sanjarbek Bahrom o‘g‘li Karimovning qamoq jazosi o‘zgarmadi. Toshkent shahar apellyatsiya sudi 8-oktyabr kuni uning ishini ko‘rib chiqib, 5 yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Biroq, sud jarima miqdorini kamaytirdi. Avval belgilangan 410 BHM o‘rniga 400 BHM, ya’ni 136 million so‘m jarima tayinlandi.

🔴Sud majlisidan keyin “Real Sanjik” qarordan noroziligini bildirib, sud adolatsizlik qilganini aytdi.

🔴Eslatib o‘tamiz, Sanjar Karimov 8-may kuni firibgarlik, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan edi.