Husiylar vakilining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt Sana, shuningdek, Amran, Damar, Lahij, Marib, Sada, Taiz, Hudayda va Al-Jauf viloyatlaridagi fuqarolik obyektlari hujumga uchragan. U eskalatsiya boshlanganidan beri berilgan zarbalarning umumiy soni 2281 taga yetganini qo‘shimcha qilgan.