Kecha tunda Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari Yamanning poytaxti Sana shahriga yana hujum uyushtirgan. Bunga javoban Yamandan uchirilgan raketa va dronlar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koni bo‘lgan Harisga hujum qilgan, shuningdek, Sharq-G‘arb neft quvuri hamda kecha ham yongan Ar-Riyod shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga yangi zarbalar bergan.

Yangi sun’iy yo‘ldosh suratlari Haris konining neft-gaz infratuzilmasiga zarar yetganini tasdiqlagan. Ar-Riyoddan olingan yangi videolavhalar neftni qayta ishalash zavodi olov ichida qolganini ko‘rsatmoqda.