Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulrux Ag‘zamovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2022-2025-yillar davomida 14 yoshga to‘lmagan bolalarni zo‘rlash bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Keltirilgan statistikaga ko‘ra, 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta va 2025-yilda 123 ta shunday jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yilda qayd etilgan.




