Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida texnikum masteri 16 yashar qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamalgan

25-sentyabr kuni erkak texnikumning voyaga yetmagan o‘quvchisiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Aytilishicha, o‘qituvchi qizni darsdan olib chiqib, kafedra xonasiga olib borgan. U yerda o‘qituvchi qizning qo‘lidan tortib, o‘ziga yaqinlashtirgan, belidan va orqasidan ushlagan. Qiz esa qarshilik ko‘rsatib, ketib qolgan.

Sudda mazkur ish ko‘rib chiqilgan va ayblanuvchiga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.