O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi. Shuningdek, boshqalarni bu ishga jalb qilganlar uchun ham jazo choralari og‘irlashtirildi. Tegishli qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

🔴 Endilikda tilanchilik qilganlik uchun 3–5 BHM miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi beriladi. Boshqa shaxslarni tilanchilikka jalb etganlarga esa 10–15 BHM jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.

🔴 Bundan tashqari, odamlarni tilanchilikka majburlash uchun ularga alkogol yoki ongga ta’sir qiluvchi moddalarni zo‘rlab ichirish ham jazolanadi. Ma’lumot uchun, mamlakatda tilanchilik uchun javobgarlik 2019-yildan beri amal qilib keladi.