Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, 10 yoshli bola olib kelinganida holati ancha jiddiy bo‘lgani uchun reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rik natijasida bosh miya chayqalishi, ikkita o‘pkaning lat yeyishi, ikkita buyrakning lat yeyishi, chap qo‘lda yelka suyagining sinib siljishi, o‘ng son suyagining sinib siljishi tashxislari qo‘yilgan.