Poytaxt hokimi qaroriga ko‘ra, 9-noyabrdan maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va ko‘p qavatli uylarga issiqlik berish boshlanadi. Isitish tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. To‘lov esa uyga issiqlik amalda berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Bu sana boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan dalolatnomada qayd etiladi.
🔴Agar xonadoningiz yaxshi isimasa yoki batareyalar sovuq bo‘lsa, uyingizga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin. Issiqlik tarmoqlarida avariya yuz bersa, Veolia Energy Tashkent’ning 1347 yoki (71) 200-00-56 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladi.




