Toshkentning Mirobod tumanida Osiyo mamlakatlaridagi noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik platformalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatgan yashirin kol-markaz faoliyatiga chek qo‘yildi. Shaharning IIBB ma’lumotiga ko‘ra, oyiga 9 ming dollarga ijaraga olingan binoda ishlagan 52 kishi qo‘lga olingan.

🔴 Tintuv davomida 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta mobil telefon va 3 ta Starlink qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Tezkor tadbirlar natijasida Katta Mirobod ko‘chasida ham yana bir yashirin kol-markaz aniqlangan.