Menga tuhfa etilgan go‘zal o‘zbek ayvonlari uchun O‘zbekistonning yuksak hurmatga sazovor Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘tgan hafta O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov va AQSH ichki ishlar vaziri Duglas Bergum ishtirokida bo‘lib o‘tgan ayvonlarning ochilish marosimi vaqtida “Marine One” vertolyotida ushbu hudud uzra parvoz qilish men uchun katta sharaf bo‘ldi. Ayvonlar haqiqatan ham hayratlanarli darajada go‘zal!

O‘zbek mohir hunarmandlari bir necha oy davomida O‘zbekistondagi oilalaridan uzoqda bo‘lib, murakkab ob-havo sharoitida 200 yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan ushbu ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etdi. Ular chinakam iste’dod sohiblaridir!, deb yozdi Tramp.