Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Ukrainadan ikki shimoliy koreyalik asirni topshirishga oid maxfiylik kelishuvi mavjudligini ochiq tan olish va uzr so‘rashni talab qildi. Aks holda Seul «qo‘shimcha choralar» ko‘rishini bildirdi. Kiyev esa bunday kelishuv bo‘lganini rad etib, diplomatik nizoni hal qilish ustida ishlayotganini aytmoqda.
«Agar faktlarni tan olish va omma oldida uzr so‘rash yana rad etilsa, biz qo‘shimcha choralar ko‘ramiz. Bu Koreya xalqi va davlatining sha’ni masalasi, biz uni e’tiborsiz qoldira olmaymiz», – deb yozgan Janubiy Koreya rahbari.




