🔴 Yandex Go faoliyatida uzilishlar bo‘lganini ma’lum qilindi. Uzilishlar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda turli xizmatlarga ta’sir ko‘rsatgan. Yandex ayrim funksiyalar vaqtincha mavjud bo‘lmagani yoki beqaror ishlaganini tasdiqladi. Ushbu hodisa mintaqaning tashqi raqamli infratuzilmaga qanchalik bog‘lanib qolgani haqidagi savollarni kun tartibiga olib chiqdi.

👀Ushbu uzilishlar 11-oktyabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Yandexning yirik ma’lumotlar markaziga dronlar hujum qilganidan so‘ng yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, markaz faoliyatini butunlay to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Hodisa Rossiya va boshqa mamlakatlarda 80 dan ortiq ma’lumotlar bazalari hamda o‘nlab raqamli xizmatlarga ta’sir ko‘rsatgan.

🔴Yandex bilan bog‘liq hodisa bu masalani faqat texnologik kompaniyalarning muammosi emas, balki mintaqaning raqamli barqarorligi bilan bog‘liq strategik vazifa sifatida ko‘rib chiqish kerakligini ko‘rsatadi.