Toshkentning Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida aholi issiq suvdan begona kimyoviy hid kelayotgani va uning sifati yuzasidan shikoyat qilmoqda. Holat bo‘yicha suv namunalari olinib, laboratoriya tekshiruvlari boshlangan.

Mutaxassislari issiq suv sifati bo‘yicha murojaatlar kelib tushgach, zudlik bilan joylarga chiqib, suv namunalarini olgan. Namunalar kimyoviy-bakteriologik hamda organoleptik tahlillardan o‘tkaziladi. Tekshiruv natijalari yakunlangach, ular e’lon qilinishi bildirilgan.